Til markazlari uchun

Til markazi uchun CRM tizimi

Ingliz, rus, koreys yoki nemis tili kurslarida ish bir xil: o'nlab guruh, daraja bo'yicha ko'chishlar, har oy to'lov va dars qoldirganlar. EduCRM shularning hammasini bitta tizimda yuritadi — menejer, o'qituvchi va direktor bir xil raqamni ko'radi.

30 kun bepul · karta talab qilinmaydi

manager.educrm.pro/groups
Til markazi guruhlari: Ingliz A1 va B1, o'qituvchi, xona va dars kunlari
Tizimning haqiqiy ekrani · ism va raqamlar — namuna

Til markazida nima ko'p muammo beradi

Til markazi oddiy kurs markazidan guruhlar sonining ko'pligi bilan farq qiladi. Ertalabki, tushlikdagi va kechki guruhlar, A1 dan IELTS tayyorlovigacha darajalar, yarim stavkada ishlaydigan o'qituvchilar — bularning barchasi bitta jadvalga sig'ishi kerak. Excel va daftar bilan ishlaganda odatda quyidagilar takrorlanadi:

  • bir xonaga ikki guruh yoki bitta o'qituvchiga bir vaqtda ikki dars qo'yilib qoladi;
  • o'quvchi keyingi darajaga o'tganda eski guruh tarixi yo'qoladi yoki qarz ikki joyda chiqadi;
  • davomat qog'ozda qoladi, kelmagan o'quvchining ota-onasi bundan bexabar;
  • oy boshida kim to'lagan, kim qarzdor ekanini menejer qo'lda qidiradi;
  • o'qituvchi maoshi oy oxirida kalkulyatorda hisoblanadi va tortishuvga sabab bo'ladi.

Daraja bo'yicha guruhlar va dars jadvali

Guruh ochishda kurs, o'qituvchi, xona, hafta kunlari va vaqtni tanlaysiz. Saqlaganingizda tizim kurs davomiyligiga qarab butun davr darslarini sana va dars raqami bilan o'zi yozib chiqadi. Agar xona yoki o'qituvchi o'sha vaqtda band bo'lsa, tizim qaysi guruh bilan kesishayotganini aytib, saqlashni to'xtatadi — ertalabki va kechki guruhlar ko'p bo'lgan til markazida bu eng ko'p uchraydigan xato.

Guruh nomini o'zingiz berasiz, masalan «Ingliz A1 — ertalab» yoki «Ingliz B1 — kechqurun», va sig'imini belgilaysiz. Bayram kunlarini bir marta kiritasiz — o'sha kunga tushgan darslar keyingi ish kuniga o'zi suriladi. Barcha guruh darslari menejer bosh sahifasidagi kalendarda vaqt, o'qituvchi va xona bilan ko'rinadi. Batafsil: dars jadvali imkoniyatlari.

O'quvchi keyingi darajaga o'tganda

Til markazida o'quvchi bir guruhda qolib ketmaydi: darajasi oshadi, vaqt mos kelmay qoladi yoki boshqa o'qituvchini so'raydi. EduCRM'da o'quvchini sabab ko'rsatib boshqa guruhga ko'chirasiz — kim qachon qaysi guruhga kirgani va chiqqani tarixda saqlanadi, davomat va baholar yo'qolmaydi.

Qarz har guruh bo'yicha alohida yuritiladi. Guruhdan chiqarishda tizim bir dars narxini hisoblab, o'qilmagan darslar uchun qaytariladigan summani taklif qiladi; ortiqcha to'langan pul o'quvchi hamyoniga tushadi va keyingi to'lovda ishlatiladi. Kurs tugaganda guruh o'zi yakunlangan holatiga o'tadi, menejerning bugungi ish stolida esa yaqin 14 kunda tugaydigan guruhlar ro'yxati turadi — davom ettiradiganlar uchun keyingi darajani oldindan ochib qo'yasiz.

Davomat, baho va uy vazifasi — bitta ekranda

O'qituvchi dars boshida telefondagi ilovadan yoki brauzerdan guruhni ochadi va har o'quvchiga keldi, kechikdi, sababli yoki kelmadi deb belgilaydi. Shu ekranda dars bahosi (1 dan 5 gacha), uy vazifasi holati va faollik bahosi qo'yiladi — hammasi bitta saqlash bilan. Yozuv shu zahoti menejer paneliga ham tushadi, shuning uchun ikki joyda ikki xil raqam chiqmaydi.

Dars boshlanib 20 daqiqa o'tsa-yu davomat olinmasa, menejer va o'qituvchiga ogohlantirish chiqadi. Sababsiz qoldirgan yoki kechikkan o'quvchining ota-onasiga SMS o'zi ketadi (shu hodisa yoqilgan bo'lsa), guruhning Telegram chatiga esa kim kelgani haqida hisobot tushadi. Sababli qoldirilgan dars uchun qoplash darsi belgilanadi. Batafsil: o'quv markazi davomat dasturi va davomat nazorati bo'yicha qo'llanma.

teacher.educrm.pro/lesson
O'qituvchi paneli: ingliz tili darsida davomat, baho va uy vazifasi bitta jadvalda
O'qituvchi paneli: ingliz tili darsida davomat, baho va uy vazifasi bitta jadvalda

Oylik to'lov va qarzdorlik

O'quvchi guruhga qo'shilganda va keyin har oy shu oy uchun qarz yozuvi o'zi ochiladi (muddat — oyning 10-sanasi). Menejer to'lovni naqd, karta yoki bank o'tkazmasi sifatida qayd etadi: to'liq yoki qisman, foizli yoki summali chegirma bilan. Qarz o'zi kamayadi, markaz nomi bilan chek chiqadi, ortiqcha to'lashga yo'l qo'yilmaydi.

Qarzdorlar ro'yxatida kim, qaysi guruh bo'yicha va qancha qarzdor ekani turadi. Muddat yaqinlashganda o'quvchiga har kuni soat 09:00 da SMS eslatma ketadi, matnini esa o'zingiz yozasiz. Batafsil: o'quvchilar to'lovi va qarzdorlik hisobi.

O'qituvchilar maoshi va avans

Til markazlarida o'qituvchi ko'pincha guruh tushumidan ulush oladi. EduCRM'da har o'qituvchiga fiks oylik, guruh tushumidan foiz yoki ikkalasini birga belgilaysiz; foiz qaytarimlar ayirilgan sof tushumdan hisoblanadi. Oy o'rtasida berilgan avans maosh hisoblanganda o'zi ushlanadi. O'qituvchi o'z guruhlaridan tushgan to'lovlarni, maoshi va avanslarini o'z panelida ko'radi, boshqalarning maoshi esa unga ko'rinmaydi. Batafsil: o'qituvchi maoshini hisoblash.

Yangi o'quvchilar: arizadan sinov darsigacha

Reklamadan kelgan arizalar alohida marketing panelida 6 bosqichli kanbanda yuritiladi: yangi, bog'lanildi, sinov darsi, keldi, o'quvchi bo'ldi, yo'qotildi. Ariza formasini kod yozmasdan yig'asiz, havolasini Instagram bio'ga qo'yasiz yoki QR kodini flayerga chop etasiz. Ariza «o'quvchi bo'ldi» bosqichiga o'tganda guruh tanlanadi va ma'lumot qayta kiritilmaydi. Qaysi kanal qancha haqiqiy o'quvchi berganini foizda, ariza yo'qolsa uning sababini statistikada ko'rasiz. Batafsil: marketing va lidlar.

O'quvchi va ota-ona telefonida

O'quvchi Android ilovada dars jadvali, oylik davomat kalendari, baholari, to'lov holati va coin balansini ko'radi. O'qituvchi tuzgan test ilovada topshiriladi va avtomatik tekshiriladi — daraja oxiridagi nazorat uchun qulay. Ota-ona menejer bergan login bilan ilovaga kiradi; ilova o'rnatmasa ham SMS va guruhning Telegram chati orqali xabar oladi. iOS ilovasi hozircha yo'q, lekin panellar iPhone brauzerida ishlaydi.

O'quvchi mobil ilovasi: guruhlar, davomat foizi, o'rtacha baho va so'nggi baholar
O'quvchi mobil ilovasi: guruhlar, davomat foizi, o'rtacha baho va so'nggi baholar

Qanday boshlash kerak

Bepul sinov 30 kun davom etadi, barcha funksiyalar ochiq va sinovdan keyin ma'lumotlar o'chmaydi. Sinov davrida jamoamiz Excel'dan import, guruhlarni tuzish va SMS'ni ulashda bepul yordam beradi. Keyin tarif oyiga 200 000 so'mdan boshlanadi — imkoniyatlar barcha tariflarda bir xil, farq faqat hajmda. CRM tanlashda yana nimalarga qarash kerakligi: 7 ta amaliy mezon.

  • director.educrm.pro/register sahifasida ism va telefon raqami bilan ro'yxatdan o'ting — karta va shartnoma so'ralmaydi.
  • Kurslarni (masalan, ingliz yoki rus tili) narxi va davomiyligi bilan kiriting, so'ng daraja bo'yicha guruhlarni oching.
  • O'quvchilar bazasini Excel shabloni orqali bir marta yuklang — xatolar qator-qator ko'rsatiladi.
  • O'qituvchilarga akkaunt bering: ular ilovadan davomat olishni boshlaydi.
  • SMS uchun smsxabar.uz hisobingizni, guruh chatlari uchun esa Telegram botingizni ulang.

Ko'p so'raladigan savollar

Bitta markazda ingliz, rus va koreys tili kurslarini birga yuritsa bo'ladimi?

Ha. Kurs katalogida istalgancha kurs yaratasiz, har birining narxi va davomiyligi alohida. Guruhlar, o'qituvchilar va to'lovlar bitta bazada turadi, direktor esa hammasini bitta paneldan ko'radi.

O'quvchi bir vaqtda ikki guruhda o'qisa-chi?

O'quvchi bir nechta guruhga qo'shiladi, qarz har guruh bo'yicha alohida ochiladi. Ilovada u ikkala guruhning jadvali va baholarini ko'radi.

Yakka (individual) darslar uchun ham ishlaydimi?

Ha, bitta o'quvchili guruh yaratasiz — jadval, davomat, to'lov va o'qituvchi ulushi odatdagidek ishlaydi.

O'qituvchi davomatni keyinroq kiritsa bo'ladimi?

Davomat dars boshlangandan keyin va 48 soat ichida olinadi, necha daqiqa kech olingani yozuvda qoladi. Saqlangan davomatni o'zgartirish kerak bo'lsa, buni menejer qiladi.

Sinov uchun karta kerakmi va sinovdan keyin nima bo'ladi?

Karta so'ralmaydi. 30 kunlik sinovdan keyin tarif tanlab to'laysiz; to'lov qilinmasa, qisqa imtiyoz davridan so'ng akkaunt «faqat o'qish» rejimiga o'tadi va ma'lumotlaringiz saqlanib turadi.

Boshlash

O'z ma'lumotingiz bilan sinab ko'ring

Ro'yxatdan o'tish bir necha daqiqa oladi, karta so'ralmaydi. 30 kun davomida barcha imkoniyatlar ochiq — sinovdan keyin ma'lumotlar o'chmaydi.

24/7 yordam: Telegram'da AI yordamchiga yozing